PISA va funksional o'qish savodxonligi
Sahifaning maqsadi
PISA dasturida o'qish savodxonligining funksional mazmunini tushuntirish, boshlang'ich ta'limda keyingi bosqich savodxonligi uchun poydevor yaratish zarurligini asoslash.
PISA xalqaro baholash dasturi asosan 15 yoshli o'quvchilarning hayotiy vaziyatlarda bilimdan foydalanish qobiliyatini baholaydi. Unda o'qish savodxonligi o'quvchining matnni tushunishi, undan foydalanishi, baholashi va o'z maqsadlariga erishishda yozma axborotdan foydalana olishi sifatida talqin qilinadi.
Funksional o'qish savodxonligi — bu o'quvchining matnni faqat dars uchun emas, balki kundalik hayotda ham tushunib ishlata olishidir: e'lonni o'qish, yo'riqnomani tushunish, jadvaldan ma'lumot olish kabi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilarni turli hayotiy matnlar bilan ishlashga o'rgatishi lozim:
- e'lon, jadval, xarita;
- yo'riqnoma, taklifnoma, xat;
- retsept, ro'yxat, afisha, qisqa ma'lumotnoma.
Amaliy misollar
Savollar: Tanlov qayerda bo'lib o'tadi? Qaysi kuni boshlanadi? Ishtirokchi nima haqida gapirishi kerak?
Savol-topshiriqlar
• E'lon, jadval yoki yo'riqnoma asosida 5 ta savol tuzing.
• "Matnni hayotda qo'llash" mavzusida kichik topshiriq ishlab chiqing.