Bir qutida rangli qalamlar yashar ekan. Qizil qalam har kuni maqtanarkan:
— Men eng kerakli qalamman. Men bilan gul, olma, bayroq chizishadi.
Ko‘k qalam ham jim turmabdi:
— Yo‘q, men kerakliman. Men bilan osmon, daryo chizishadi.
Sariq qalam esa:
— Quyoshni mensiz chizib bo‘lmaydi, — debdi.
Yashil qalam jim turibdi. U hech maqtanmabdi.
Bir kuni Mohira rasm chizmoqchi bo‘libdi. U bog‘ rasmini chizibdi. Gul uchun qizil qalamni, osmon uchun ko‘k qalamni, quyosh uchun sariq qalamni oldi. Daraxt, barg va maysalar uchun esa yashil qalam kerak bo‘libdi.
Rasm barcha ranglar bilan chiroyli chiqibdi. Qalamlar shunda tushunishibdi: bittasi bilan chiroyli rasm chizib bo‘lmas ekan.
Qizil qalam uyalib:
— Demak, hammamiz kerak ekanmiz, — debdi.
Qissadan hissa shuki, har bir insonning o‘z o‘rni bor, hech kim o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymasligi kerak.