Bo'lim progressi
4/7
4 Nazariya · 4-bo'lim

Matnni tushunish nazariyasi

Matnni tushunish jarayonining bosqichlari, o'qishdan oldin – davomida – keyin ishlash strategiyalari va savol turlari yoritiladi.

Video darsni tomosha qilish 12 daqiqa

Sahifaning maqsadi

Ushbu sahifaning maqsadi matnni tushunish jarayonining bosqichlarini izohlash, o'quvchilarda mazmunni anglash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko'nikmalarini rivojlantirishning metodik asoslarini ko'rsatishdan iborat.

Matnni tushunish nima?

Matnni tushunish — bu o'quvchining yozilgan so'zlarni o'qishi bilangina yakunlanmaydigan, balki matndagi ma'no, bog'lanish, g'oya, obraz va axborotni anglashga qaratilgan murakkab aqliy jarayondir. O'quvchi matnni tushunishi uchun so'z ma'nosini bilishi, gaplar o'rtasidagi bog'lanishni anglay olishi, voqealar ketma-ketligini ko'ra olishi va muallif aytmoqchi bo'lgan fikrini sezishi kerak.

Bosqichma-bosqich

Matnni tushunish bosqichlari

1

So'z darajasida tushunish

O'quvchi matndagi so'zlarning ma'nosini anglaydi.

2

Gap darajasida tushunish

Gapdagi fikrini tushunadi.

3

Matn darajasida tushunish

Voqealar, fikrlar va qismlar o'rtasidagi bog'lanishni anglaydi.

4

Xulosa darajasida tushunish

Matndagi bevosita aytilmagan ma'noni topadi.

5

Baholash darajasida tushunish

Matnga munosabat bildiradi, fikrini asoslaydi.

Amaliyot

Boshlang'ich sinfda matnni tushunish faoliyatlari

O'quvchi matn bilan tanishmoqda

O'qishdan oldin

  • Matn mavzusi bilan tanishtirish
  • Sarlavha asosida taxmin qilish
  • Yangi so'zlar ustida ishlash
O'quvchi savol izlamoqda

O'qish jarayonida

  • Savollarga javob izlash
  • Muhim joylarni belgilash
  • Tushunmagan so'zlarni aniqlash
O'quvchi javob bermoqda

O'qishdan keyin

  • Matn mazmunini muhokama qilish
  • Xulosa chiqarish
  • Savollar tuzish
  • O'quvchi o'z munosabatini bildirish
Bo'lajak o'qituvchi "Kichik qadamlar katta natijalarga olib keladi"

Bo'lajak o'qituvchi uchun metodik ahamiyati

Bo'lajak o'qituvchi matnni tushunish jarayonini bosqichma-bosqich tashkil qila olishi kerak. U o'quvchidan faqat matnni qayta hikoya qilishni emas, balki matndan ma'no izlash, savol berish, dalil topish va xulosa chiqarishni talab qilishi lozim.

Bu sahifa bo'lajak o'qituvchiga quyidagi ko'nikmalarni beradi:

  • matnni o'qishdan oldin tayyorgarlik ko'rish
  • murakkab so'zlarni tushuntirish
  • matn mazmuniga yo'naltiruvchi savollar tuzish
  • o'quvchini xulosa chiqarishga o'rgatish
  • matn asosida fikr bildirishni tashkil etish
Kichik bog'bon

Amaliy misollar — Matn sarlavhasi: "Kichik bog'bon"

O'qishdan oldingi savollar:

  • • Sizningcha, matn nima haqida bo'lishi mumkin?
  • • Bog'bon kim?
  • • Bolalar bog'bon bo'lishi mumkinmi?

O'qish jarayonidagi savollar:

  • • Qahramon nima ish qildi?
  • • U qanday qiyinchilikka duch keldi?
  • • Qaysi gap matnning asosiy fikrini bildiradi?

O'qishdan keyingi savollar:

  • • Matndan qanday xulosa chiqardingiz?
  • • Qahramonning qaysi harakati sizga yoqdi?
  • • Siz ham shunday ish qilganmisiz?

Mustahkamlash

Savol-topshiriqlar

1

Matnni tushunishning qanday bosqichlardan iborat?

2

O'qishdan oldin beriladigan savollarga 3 ta misol yozing.

3

O'qish jarayonida o'quvchini faol ushlab turish uchun qanday topshiriqlar berish mumkin?

4

Bitta kichik matn tanlang va unga o'qishdan oldin, o'qish davomida va o'qishdan keyingi savollar tuzing.

5

"Matnni tushunmadim" degan o'quvchiga qanday yordam berasiz?

Kutiladigan natija
Matnni tushunish jarayonining bosqichlarini biladi
O'qish darsini mazmunli tashkil etish yo'llarini o'rganadi
O'quvchini matndan fikr topishga o'rgatadi
Xulosa chiqarish ko'nikmasini rivojlantiradi
O'z javobini asoslashga yo'naltira oladi